date

O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar hajmi 123,5 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar hajmi 123,5 trln so‘mga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar hajmi 123,5 trillion so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,5 foizga ko‘pdir.

Moliyaviy xizmatlar hajmi hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilib, bu yerda xizmatlar hajmi 71,2 trln so‘mni tashkil qilgan. Farg‘ona viloyati 6,4 trln, Andijon viloyati esa 6,2 trln so‘m bilan keyingi o‘rinlarda bormoqda.

Shuningdek, Toshkent viloyatida – 5,2 trln so‘m, Samarqandda – 5,1 trln so‘m, Qashqadaryoda – 4 trln so‘m, Buxoroda – 3,9 trln so‘m va Xorazmda – 3,7 trln so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan. Qolgan hududlarda ham bu ko‘rsatkich 2–3 trln so‘m atrofida bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar hajmi 123,5 trln so‘mga yetdi