
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda jami 11,1 million kvadrat metr turar-joy foydalanishga topshirilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 foizga ko‘pdir.
Hududlar kesimida eng katta ko‘rsatkich Toshkent viloyatida qayd etildi — 1 435,2 ming kv.m. Shuningdek, Buxoro (1 216 ming kv.m), Namangan (1 127,8 ming kv.m), Andijon (1 089,3 ming kv.m) va Xorazm viloyatlari (984,1 ming kv.m) ham yuqori natija qayd etdi.
Eng kam uy-joy esa Sirdaryo viloyatida topshirildi — 90,2 ming kv.m. Samarqand viloyatida 312,7 ming, Qoraqalpog‘istonda esa 669,2 ming kv.m uy-joy foydalanishga topshirilgan. Qolgan hududlarda ko‘rsatkichlar 400–900 ming kv.m oralig‘ida bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.