date

2026 yildan boshlab chipslar uchun aksiz solig‘i joriy etilishi mumkin

2026 yildan boshlab chipslar uchun aksiz solig‘i joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab kartoshka chipslari uchun aksiz solig‘i joriy etilishi mumkin. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan taqdim etilayotgan 2026–2028 yillar uchun Byudjetnoma loyihasida ma’lumot berilgan.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan boshlab iste’molga tayyor har 1 kilogramm kartoshka chipsi uchun 15 ming so‘m miqdorida aksiz solig‘i undirilishi belgilanishi mumkin.

Mazkur soliqni O‘zbekiston hududida chips ishlab chiqarayotgan yuridik shaxslar va import qiluvchilar to‘laydi. Ya’ni, bu talab ichki va tashqi bozordagi chips mahsulotlariga birdek taalluqlidir.

Byudjetnomada qayd etilishicha, taklif Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ortiqcha vaznga qarshi kurash choralari, hamda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining sog‘lom ovqatlanishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan.

Shuningdek, mazkur chorani joriy etishdan avval boshqa davlatlarning tajribalari ham o‘rganilgan. Soliqdan tushgan mablag‘lar sog‘liqni saqlash va profilaktika ishlari uchun yo‘naltirilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2026 yildan boshlab chipslar uchun aksiz solig‘i joriy etilishi mumkin