Tijorat oqimi 2,7 barobarga o‘sdi: qaysi davlatlar yetakchi?

1 daqiqa o'qish187
Tijorat oqimi 2,7 barobarga o‘sdi: qaysi davlatlar yetakchi?

Tijorat oqimi 2,7 barobarga o‘sdi: qaysi davlatlar yetakchi?
2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida tijorat maqsadida O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolari soni sezilarli darajada oshdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda mamlakatga jami 362,8 ming nafar xorijiy tijoratchi tashrif buyurgan.

Qayd etilishicha, tijorat maqsadida keluvchilar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 229,7 ming nafarga yoki 2,7 barobarga ko‘paygan. Bu ko‘rsatkich O‘zbekistonning mintaqada savdo va biznes uchun jozibadorligini yana bir bor namoyon etmoqda.

Statistikaga ko‘ra, joriy yilning 10 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p tijoratchilar Afg‘onistondan kelgan. Ularning soni 339 585 nafarni tashkil etgan. Bu umumiy ko‘rsatkichning mutlaq ko‘p qismini tashkil qiladi.

Ikkinchi o‘rinda Tojikiston bo‘lib, ushbu davlatdan 16 734 nafar tijoratchi tashrif buyurgan. Keyingi o‘rinlarda Turkmaniston (2 773 nafar), Rossiya (673 nafar), Qozog‘iston (504 nafar) va Turkiya (492 nafar) qayd etilgan.

Shuningdek, boshqa davlatlardan jami 2 055 nafar xorijiy fuqaro tijorat maqsadida O‘zbekistonga kelgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?