date

O‘zbekistonda 10 oyda qancha ko‘mir qazib olindi?

O‘zbekistonda 10 oyda qancha ko‘mir qazib olindi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonda 7,5 million tonna ko‘mir qazib olingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 200 ming tonnaga ko‘proq bo‘lib, mamlakatda yoqilg‘i-energetika sohasida ishlab chiqarish hajmlari izchil o‘sib borayotganini ko‘rsatadi.

Shu davr mobaynida boshqa asosiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ham salmoqli bo‘ldi. Xususan, avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi har biri 1,1 million tonnadan ishlab chiqarilgan. Neft ishlab chiqarish hajmi 601,2 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, tabiiy gaz qazib olish 38,9 milliard kub metrga yetgan.

Bundan tashqari, gaz kondensati ishlab chiqarish 1 million tonnani tashkil etgan. Sanoat sohasidagi yana bir muhim yo‘nalish — mashinasozlikda esa 227 mingdan ortiq avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda 10 oyda qancha ko‘mir qazib olindi?