2025 yilda sabzavot yetishtirishda qaysi hudud yetakchi o'rinda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilda mamlakat bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklarda jami 13,7 mln tonna sabzavot yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 1,2 foizga o‘sdi va umumiy hajm yana bir pog‘ona yuqoriladi.
Hududlar kesimida yetakchilik Andijon viloyatiga tegishli bo‘lib, u yerda 2 089 165 tonna sabzavot yetishtirilgan. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati (1 686 136) hamda Farg‘ona viloyati (1 616 016) qayd etildi. Shuningdek, yuqori beshlikni Surxondaryo viloyati (1 451 656) va Toshkent viloyati (1 378 833) to‘ldirdi.
Ro‘yxatning keyingi qismida Buxoro viloyati (1 190 463), Namangan viloyati (1 163 885), Xorazm viloyati (737 123), Qashqadaryo viloyati (663 909), Jizzax viloyati (559 047), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (419 043), Navoiy viloyati (413 048), Sirdaryo viloyati (352 921) ko‘rsatkichlari keltirilgan, Toshkent shahrida esa 1 557 tonna qayd etilgan. Endi savol bitta: 2026 yilda ham yetakchilar shu tarkibda qoladimi yoki “sabzavot poygasi”da yangi rekordchilar chiqib keladimi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!