Kosonda shaxsiy yozishmalarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, 10 mln so‘m talab qilgan shaxs ushlandi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida Instagram'dagi shaxsiy yozishmalarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, tanishidan 10 million so‘m talab qilgan shaxs ushlandi.
Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi tanishining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi ishqiy mazmundagi yozishmalaridan foydalanib, undan pul talab qilgan. U yozishmalarni fuqaroning turmush o‘rtog‘i va ota-onasiga ko‘rsatish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qo‘rqitgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi Qarshi shahrida kelishilgan 10 million so‘mni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Holat yuzasidan ashyoviy dalillar rasmiylashtirilgan.
Tezkor surishtiruvlarda uning boshqa fuqarolardan ham shunga o‘xshash usulda muntazam ravishda pul olib kelgani aniqlangani aytilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shaxsiy yozishmalar yoki sir saqlanishi lozim bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib pul talab qilish tovlamachilik hisoblanadi va qonun bo‘yicha jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…