Dunyoda milliarderlar soni tez surʼatlar bilan ortib bormoqda

1 daqiqa o'qish404
Dunyoda milliarderlar soni tez surʼatlar bilan ortib bormoqda

Jahonda boyligi milliard dollardan yuqori boʻlgan shaxslar soni soʻnggi yillarda tez surʼatlar bilan ortib bormoqda. Forbes nashrining 40 yubiley reytingiga koʻra, bu tendensiya yanada yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Hozirgi kunda dunyo boʻyicha milliarderlar soni 3 428 nafarga yetgan boʻlib, bu koʻrsatkich 2025 yilga nisbatan taxminan 400 nafarga koʻpdir. Hisob-kitoblarga koʻra, har kuni dunyoning turli nuqtalarida kamida bitta yangi milliarder paydo boʻlmoqda.

Ularning umumiy boyligi esa 20,1 trillion dollar atrofida baholanmoqda. Taqqoslash uchun, AQShning 2025 yildagi yalpi ichki mahsuloti taxminan 30 trillion dollarga teng ekani qayd etilgan.

Forbes roʻyxatida eng yuqori oʻrinni Ilon Mask egallagan boʻlib, uning boyligi Tesla va SpaceX kompaniyalari hisobiga shakllangan. Keyingi oʻrinlarda Google asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin, Amazon asoschisi Jeff Bezos hamda Meta rahbari Mark Sukerberg kabi yirik tadbirkorlar joy olgan.

Shuningdek, Nvidia rahbari Jensen Xuang sunʼiy intellekt sohasidagi oʻsish tufayli ilk bor top-10 talikka kirgani qayd etilgan. Alisher Usmonov esa Rossiya milliarderlari reytingida 10-oʻrinda turadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?