date

Elektr va gaz uchun yangi tariflar: kim qancha to‘laydi?

Mamlakatimizda energetika tizimini isloh qilish va resurslardan oqilona foydalanish maqsadida muhim qaror qabul qilindi. Hukumat tasdiqlagan yangi hujjatga binoan, 2026 yilning 1 iyunidan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun yangilangan to‘lov miqdorlari kuchga kiradi.

Yangi tartibda ijtimoiy himoya tamoyillari saqlab qolingan bo‘lib, iste’mol hajmiga qarab narxlar ham o‘zgarib boradi.

Elektr energiyasi: Tabaqalashtirilgan tizim davom etadi

Yuridik shaxslar, ya’ni I, II va IV guruh iste’molchilari uchun elektr energiyasining har bir kVt soati 1 100 so‘m etib belgilandi. Biroq, aholi (III guruh) uchun qulaylik yaratish maqsadida tabaqalashtirilgan tariflar amalda qoladi.

Elektr plitalari bilan jihozlangan uylarda yashovchilar uchun:

  • 200 kVt soatgacha — 325 so‘m;

  • 201 dan 500 kVt soatgacha — 450 so‘m;

  • 501 dan 1 000 kVt soatgacha — 550 so‘m.

Boshqa maishiy iste’molchilar (oddiy xonadonlar) uchun:

  • 200 kVt soatgacha — 650 so‘m;

  • 201 dan 500 kVt soatgacha — 900 so‘m;

  • 501 dan 1 000 kVt soatgacha — 1 100 so‘m.

Shuningdek, haddan tashqari ko‘p energiya sarflaydiganlar uchun oshirilgan koeffitsiyentlar o‘z kuchida qoladi.

Tabiiy gaz: Isitish mavsumi inobatga olinadi

Umumiy iste’molchilar uchun gazning bir kub metri 2 000 so‘m etib belgilangan bo‘lsa, "zapravka"lar (AGTKSH) uchun bu ko‘rsatkich 2 750 so‘mni tashkil etadi. Aholi uchun esa mavsumga qarab imtiyozli limitlar joriy etilgan:

  • Isitish mavsumida: 500 kub metrgacha — 1 100 so‘m (1 kub metr uchun);

  • Boshqa mavsumlarda: 100 kub metrgacha — 1 100 so‘m.

Sifat va tejamkorlik — bosh maqsad

Hukumat qarori bilan faqat narxlar belgilanib qolmay, energetika tashkilotlari zimmasiga yangi vazifalar ham yuklatildi. Endilikda tarmoqlardagi isrofgarchilikni kamaytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish ustuvor yo‘nalish bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida xonadonlarimizda energiya ta’minoti barqaror bo‘lishiga xizmat qiladi.

Sizningcha, resurslar narxining oshishi odamlarni energiyani ko‘proq tejashga o‘rgatadimi?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Elektr va gaz uchun yangi tariflar: kim qancha to‘laydi?