AT va sun’iy intellekt talabalari uchun yangi stipendiyalar joriy etiladi

Endilikda axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun kadr tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining uchinchi kurs talabalari o‘qishni AT parklarda dual ta’lim asosida davom ettiradi.
Bu tartib talabalarga nazariy bilimni amaliyot bilan bog‘lash, soha korxonalarida ish jarayonini o‘rganish va mutaxassislar bilan birga loyihalarda qatnashish imkonini beradi.
Mazkur yo‘nalishlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi.
Shuningdek, iqtidorli qizlar uchun muhandislik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalari bo‘yicha «Muhandis qizlar» stipendiyasi ta’sis qilinadi.
Ushbu stipendiyalar yangi o‘quv yilidan boshlab to‘lanadi. Ulardan nafaqat davlat, balki xususiy oliy ta’lim muassasalari talabalari ham foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Hozir kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari 1 milliard so‘m, ularning ustozlari esa 200 million so‘m miqdorida mukofotlanmoqda.
Endilikda xuddi shu rag‘bat sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro olimpiada g‘oliblari va ularning ustozlariga ham tatbiq etiladi.































Izohlar 0
…