Toshkentda mol va qo‘y go‘shtining narxlari ma’lum qilindi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 29 iyun holatiga ko‘ra, Toshkent shahridagi «Eski Juva» dehqon bozorida go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlarini e’lon qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, mol go‘shtining bir kilogrammi 75 ming so‘mdan 100 ming so‘mgacha sotilmoqda. Qo‘y go‘shti narxi esa bir kilogramm uchun 90 ming so‘mdan boshlanib, 118 ming so‘mgacha yetmoqda.
Narxlar go‘shtning qaysi qismi ekaniga qarab farq qiladi. Jumladan, qovurg‘a, son, bo‘yin go‘shti, shuningdek, mahalliy yoki import mahsulotlar bir xil narxda sotilmaydi.
Kartoshka, piyoz, pomidor, mevalar, guruch va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining «Fud Siti» savdo majmuasidagi ulgurji narxlari ham alohida ro‘yxatda keltirilgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling



























Izohlar 0
…