O‘zbekistonda birinchi superkompyuter ishga tushirildi

O‘zbekistonda birinchi superkompyuter ishga tushirildi

O‘zbekistonda birinchi superkompyuter klasteri “Raqamli hukumat” markazida ishga tushirildi. Kelasi yil uning quvvatini uch barobar oshirish rejalashtirilgan.

Joriy yilda 20 ta oliy ta’lim muassasasida sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladi. Yoshlar hududlar va turli tarmoqlardagi muammolarga sun’iy intellekt yordamida yechim ishlab chiqishda ushbu superkompyuter hamda laboratoriyalardan bepul foydalanadi.

So‘nggi yillarda Toshkent, Nukus, Qarshi, Termiz, Urganch va Farg‘ona shaharlarida zamonaviy AT parklar ishga tushirilgan. O‘tgan hafta Yangi Namanganda yana bir yirik loyihaga start berildi.

Endilikda Andijon, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Guliston, Chirchiq, Nurafshon va Navoiy shaharlarida ham umumiy maydoni 100 ming kvadrat metr bo‘lgan yirik AT parklar qurilishi boshlanadi.

Ushbu loyihalar hisobiga 20 mingdan ortiq yosh uchun yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, “Mening birinchi kompyuterim” dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Dastur doirasida ehtiyojmand oilalardagi 10 ming nafar yoshga noutbuk xarid qilish xarajatining yarmi Raqamli texnologiyalar jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.

Qolgan qismi uchun esa uch yil davomida bo‘lib to‘lash sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar