Chirchiqda «Bo‘zsuv» kanaliga tushib ketgan ayol qutqarildi

26 iyun kuni soat 09:50 da Chirchiq shahridagi «Bo‘zsuv» kanalida suvga tushib ketgan ayol qutqarildi.
Kuchli oqim olib ketayotgan ayolni Kamolot GESi xodimlari ko‘rib qolgan va darhol Favqulodda vaziyatlar vazirligiga xabar bergan.
Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar ayolni suvdan olib chiqib, qirg‘oqqa olib chiqqan. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol ehtiyotsizlik oqibatida kanalga tushib ketgan. U suzishni bilmagani uchun mustaqil ravishda suvdan chiqa olmagan.
Hozirda uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.


Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…