4 278
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga har yili 1 mlrd dollardan ziyod mablag‘ ajratmoqchi
Foto: «Xalq so‘zi»
O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ga 1995 yilda a’zo bo‘lgan. O‘shandan buyon umumiy hajmi 7,4 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan 70 ta zayom olgan. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabarida aytiladi.
Ayni paytda ushbu moliya muassasasi O‘zbekiston bilan 2019—2023 yillarga mo‘ljallangan sheriklik strategiyasini ishlab chiqyapti. Zero, mamlakat jadal bozor iqtisodiyotiga o‘tayapti va bu jarayon davlatning iqtisodiyotdagi roli o‘zgarishi bilan birga kechmoqda. OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha rahbari Verner Lipakning O‘zbekistonga 7—11 fevral kunlari qilgan tashrifi yakunida ushbu yangilik ma’lum qilindi.
Xabar berilishicha, OTB kelayotgan uch yil davomida O‘zbekistonga har yili 1 mlrd. dollardan ziyod mablag‘ yo‘naltirmoqchi. Ushbu kapital quyidagi yo‘nalishlarga sarflanadi:
- suv ta’minoti va sanitariya, transport infratuzilmalari, elektr energiyasi ishlab chiqarish va taqsimotini yaxshilash;
- yoshlarni ish bilan ta’minlash;
- qishloq joylarida ish o‘rinlari yaratish;
- zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
- iqtisodiy boshqaruv sohasida davlat islohotlarini qo‘llab-quvvatlash;
- ijtimoiy himoya darajasini oshirish.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, O‘zbekiston OTBga 1995 yilda a’zo bo‘lganidan buyon umumiy qiymati 70 mlrd. dollarlik 70 ta zayom olgan. Shuningdek, bank aksionerlik kapitali ko‘rinishida 6 mln. dollar, kafolat shaklida 218 mln. dollar va texnik ko‘mak granti ko‘rinishida 87,3 mln. dollar ham ajratilgan.
2018 yilda OTB umumiy qiymati 1,1 mlrd. dollarlik 5 ta zayom imzolagan. Ular energiya samaradorligini oshirish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish xizmatlarini yaxshilash, fermerlar va meva-sabzavot ishlab chiqaruvilar uchun moliyaviy imkoniyatlar yaratish, O‘zbekistonnig g‘arbiy qismida ichimlik suvi ta’minoti va iqtisodiy boshqaruv sohalariga ajratilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi