SpaceX Starship uchun qayta ishlangan issiqlik plitalarini sinovdan oʻtkazmoqda

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- SpaceX Starship raketasining issiqlik himoya ekranini sezilarli darajada takomillashtirdi, bunda tarixda ilk bor avvalgi muvaffaqiyatli parvozni yakunlagan kosmik kema detallari yangisiga oʻrnatiladi.
- Himoya plitalari qoʻshimcha mahkamlash mexanizmlari bilan taʼminlanadi va egilgan plitalar konstruksiyasidan foydalanish boʻgʻinlardagi qizish darajasini kamaytiradi.
Aerokosmonavtika sohasidagi yetakchi kompaniya sayyoralararo parvozlar uchun moʻljallangan Starship raketasining issiqlik himoya ekranini sezilarli darajada takomillashtirdi. ixbt.com nashrining xabar berishicha, muhandislar 14-sinov parvozi oldidan issiqlik qoplamasini modernizatsiya qilish boʻyicha bir qator muhim qadamlarni tashlamoqda. Xususan, tarixda ilk bor avvalgi parvozni muvaffaqiyatli yakunlagan kosmik kema detallari yangisiga oʻrnatiladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Maʼlum qilinishicha, kema korpusini oʻta yuqori haroratdan saqlaydigan himoya plitalari uchish vaqtida aerodinamik yuklamalar eng koʻp tushadigan hududlarda qoʻshimcha mahkamlash mexanizmlari bilan taʼminlanadi. Shuningdek, mutaxassislar plitalar ostida issiq plazma oqimining aylanish yoʻllarini aniqlab, ularni bartaraf etishdi. Tajriba shuni koʻrsatdiki, ayrim uchastkalarda egilgan plitalar konstruksiyasidan foydalanish boʻgʻinlardagi qizish darajasini sezilarli darajada kamaytiradi.
Tarixiy qadam va sinovlar tarixi
Mazkur modernizatsiya doirasidagi eng diqqatga sazovor yangilik shundaki, Ship 40 kosmik kemasidan olib tashlangan ikkita himoya plitasi Ship 41 korpusiga qayta oʻrnatilishi rejalashtirilmoqda. Bu Starship dasturi tarixida birinchi marta himoya plitalarini takroran qoʻllash holati boʻlib, kelgusida kemalarni tezkor qayta tiklash va foydalanish xarajatlarini kamaytirish yoʻlidagi muhim sinov hisoblanadi.Eslatib oʻtamiz, ushbu plitalar olingan Starship Ship 40 kemasi dasturning eng muvaffaqiyatli sinovlaridan biri boʻlgan 13-parvozda ishtirok etgan edi. Ushbu sinovdan soʻng kema okean suvlariga muvaffaqiyatli qoʻngan va uzoq vaqt davomida suv yuzasida qoldirilgan edi, bu esa muhandislarga shoʻr suv va tashqi muhit taʼsirini oʻrganish imkonini berdi.
Kelgusidagi rejalar va kutilayotgan parvozlar
Kompaniya rahbari Ilon Maskning maʼlum qilishicha, SpaceX shu oyning oʻzidayoq yangi avlod Starlink V3 sunʼiy yoʻldoshlarini kosmosga tarqatishni boshlaydi. Bu esa kompaniyaning global internet tarmogʻi imkoniyatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan navbatdagi qadami boʻladi.Hozirgi kunda mutaxassislar barcha eʼtiborni boʻlgʻusi muhim bosqichga qaratgan. Starship raketasining navbatdagi ilk orbital uchirilishi joriy yilning 22-sentabriga belgilangan. Mutaxassislar va kosmik texnologiyalar ishqibozlari SpaceX bu gal kemani muvaffaqiyatli orbitaga olib chiqa olishini katta qiziqish bilan kutmoqda.






























Izohlar 0
…