4-qavatdan yiqilgan o‘quvchi bilan bog‘liq yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

4-qavatdan yiqilgan o‘quvchi bilan bog‘liq yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Toshkentdagi maktab-internat o‘quvchisi yotoqxonaning 4-qavatidan yiqilib, 10 kun davomida shifoxonada davolanganidan so‘ng vafot etgani haqida xabar bergan edik. Yangi hodisa tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, marhum Sh.J. Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati o‘quvchisi bo‘lgan. Maktab binosi hali to‘liq qurib bitkazilmagani sababli o‘quvchilar vaqtincha Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati binosida tahsil olgan. Ular Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti yotoqxonasiga joylashtirilgan.

Guvohning aytishicha, o‘quvchi hodisa vaqtida xonasining derazasi yonida bo‘lgan. Uning qo‘lidagi planshet derazadan tushib ketayotganida bola uni tutib qolishga uringan va muvozanatini yo‘qotib, pastga tushib ketgan.

Shuningdek, shifoxonaga olib borilgan o‘quvchi otasiga ham planshetni tutib qolishga uringani sabab yiqilganini aytgan. Hodisa joyida planshet topilgani ham guvohlar tomonidan bildirilgan.

Qayd etish joiz, ushbu ma’lumotlar hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati 2025 yilda tashkil etilgan bo‘lib, iqtidorli yoshlarni sifatli ta’lim bilan ta’minlashga qaratilgan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar