10:23 / 01.04.2021
2 235

«90 kun» – o‘zbek so‘mi birinchi chorakni dollarga nisbatan mustahkamlangan holda yakunladi

«90 kun» – o‘zbek so‘mi birinchi chorakni dollarga nisbatan mustahkamlangan holda yakunladi
31 martdan boshlab 1 AQSH dollarining rasmiy qiymati 10 474,98 so‘mni tashkil etadi. Yilning birinchi choragini o‘zbek so‘mi AQSH dollariga nisbatan mustahkamlangan holda yakunlamoqda. Oxirgi marta so‘m 2018 yilda chorakni mustahkamlangan holda yakunlagandi.

Yil boshidan - 2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 1 AQSH dollari 10 476.92 so‘mni tashkil etgandi. Yanvar oyi oxiriga kelib kurs sezilarli darajada oshdi.

Fevral oyi boshida esa dollar kursi o‘sish tendensiyasini namoyon qildi. 2 fevral holatiga ko‘ra, 1 AQSH dollari 10 540.44 so‘mni tashkil etdi. Fevralning birinchi 10 kunligi yakunlanmasidan kurs qariyb 10 so‘mga tushib, 1 dollar 10 530.83 so‘mni tashkil etdi. Oyning ikkinchi yarmida dollar kursi 7 so‘mga, oy oxiriga kelib 15, 81 so‘mga arzonlashdi va fevral oyini dollar kursi 10 538.53 so‘m bilan yakunladi.

Mart oyi boshidan dollar kursi tushishda davom etdi, 1 martdan 1 AQSH dollari 13 so‘mga arzonlab, 10 525.50 so‘mni tashkil etdi. Oy o‘rtasida kurs 5 so‘mga qimmatlagan bo‘lsa, oyning ikkinchi yarmida 9 so‘mga arzonladi. 27 martga kelib dollar kursi 10 510.00 so‘m edi.

Biroq ikki kun ichida kurs 23 so‘mga arzonlab, 1 AQSH dollari 10 486.46 so‘mni tashkil etdi. 31 martdan esa tijorat banklarida dollar kursi 10 474,98 so‘mni tashkil etmoqda.

Shunday qilib yilning birinchi choragini so‘m mustahkamlangan holda yakunlamoqda. Moliyachi Otabek Bakirovning ta’kidlashicha, oxirgi marta o‘zbek so‘mi chorakni mustahkamlangan holda yakunlashi 2018 yil 2-choragida kuzatilgan, o‘shanda so‘m AQSH dollariga nisbatan chorak davomida deyarli 3 foizga qimmatlagan edi.

«So‘mning joriy mustahkamlanishi eksportning qisqarishi davom etayotgan, tashqi savdo salbiy saldosi o‘sishi kuzatilayotgan va oltin-valyuta zaxiralari qisqarayotgan bir vaqtda yuz berayotgani alohida e’tiborga molik. 90 kunni o‘zbek so‘mi AQSH dollariga, yevro, Britaniya funt-sterlingi, Yaponiya iyenasi, Xitoy yuani, Rossiya rubli va Qozog‘iston tengesiga nisbatan ham qadrini bir muncha oshirgan holda yakunladi», - deydi u.

Avvalroq, so‘mning dollarga nisbatan qiymati so‘ngi 10 yilda qariyb 6,5 baravarga qadrsizlangani ma’lum qilingandi. Millliy valyuta qadrining pasayishi tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar o‘zgarishi, asosiy savdo hamkor davlatlar valyutalarining keskin devalvatsiyasi natijasida devalvatsion kutilmalarning o‘sishi, shuningdek, ichki valyuta bozorida chet el valyutasiga bo‘lgan talabning o‘sishi kabi omillar ta’sirida yuz berishi mumkinligi aytib o‘tilgan.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2021 yilda milliy valyutaning almashuv kursi ichki valyuta bozorida vujudga keladigan talab va taklif asosida uzoq muddatli fundamental trend doirasida shakllanishi prognoz qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » «90 kun» – o‘zbek so‘mi birinchi chorakni dollarga nisbatan mustahkamlangan holda yakunladi