11 sentyabr kuni dollar kursi pasayadi

11 sentyabr kuni amal qiladigan dollar kursi 14–15 so‘m atrofida pasayishi kutilmoqda. Bu haqda Bankir telegram kanali xabar berdi.
Banklarda dollar xaridi bo‘yicha eng yaxshi kurs 11 790 so‘mni tashkil etmoqda. Universalbank ushbu kursni taklif qilgan.
Dollarni banklardan sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurs esa 11 830 so‘m bo‘lib, Asia Alliance Bankda qayd etilgan.
Kun davomida kurslar o‘zgarishi mumkin. Aniq kurs uchun banklarning rasmiy saytlariga murojaat qilish tavsiya etiladi.


























Izohlar 0
…