1 019
“Hozir butun dunyoda konstitutsiyaviy islohotlar sharpasi kezib yuribdi” — Akmal Saidov
“2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” taqdimotida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov O‘zbekistonda boshlanayotgan Konstitutsiya islohoti haqida gapirdi.
Saidov Konstitutsiya islohoti nega zarur bo‘lib qolgani va butun dunyo davlatlarida konstitutsiyalar yangilanayotganini ta’kidladi.
“Karl Marks va Fridrix Engelsning «Kommunistik partiya manifesti» birinchi jumlasi, – deydi Akmal Saidov, – Yevropada kommunizm sharpasi kezib yuribdi, degan so‘z bilan boshlangan. Men shuni sal boshqacharoq qilib, hozir butun dunyoda konstitutsiyaviy islohotlar sharpasi kezib yuribdi, demoqchiman.
Oxirgi 25 yilda 100dan ortiq davlatda konstitutsiyaviy islohotlar bo‘lyapti. Faqatgina 21 asrda 57ta davlatda konstitutsiya qabul qilindi. Hozir biror davlatda o‘zgartirish kiritilmagan konstitutsiya qolmadi”.
Taqdimot davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari “NNT to‘g‘risida”gi kodeksni ishlab chiqish masalasiga ham to‘xtaldi.
Unga ko‘ra, islohotlarni fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik nazoratisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu sabab ham O‘zbekistonda “NNT to‘g‘risida”gi kodeksni ishlab chiqishga ehtiyoj bor. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi