Prezident imzolagan «Adolatli sudlov – 2030» strategiyasi nimalarni o‘zgartiradi?

Prezident farmoni bilan O'zbekistonda sud-huquq tizimini transformatsiya qilishga qaratilgan «Adolatli sudlov – 2030» strategiyasi tasdiqlandi. Strategiya 2030 yilgacha sud hokimiyatining mustaqilligi va ochiqligini ta'minlash, fuqarolar hamda tadbirkorlarning huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan 6 ta ustuvor yo'nalishni belgilaydi.
O‘zbekistonda sud-huquq tizimini tubdan transformatsiya qilish va fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini ishonchli himoya etishga qaratilgan tarixiy hujjat imzolandi. Prezident farmoni bilan mamlakatda inson qadrini ulug‘laydigan xalqchil va xolis tizimni barpo etishga yo‘naltirilgan «Adolatli sudlov – 2030» strategiyasi rasman tasdiqlandi.
Ushbu konseptual hujjat «Sudlar — xalqchil va adolatli odil sudlov tayanchi hamda Yangi O‘zbekiston haqiqat ustuni» degan ezgu shior ostida ishlab chiqilgan bo‘lib, sud hokimiyatining mutlaq mustaqilligi va ochiqligini ta’minlashni maqsad qiladi.
2030 yilgacha bo‘lgan islohotlarning 6 ta asosiy ustuni
Strategiyaga muvofiq, tizimni yangilash va aholi ishonchini mustahkamlash quyidagi oltita ustuvor yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:
1. «Xalq sudi»: Sud hokimiyati faoliyatida to‘liq ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ortiqcha byurokratiyadan xoli qulay tizim yaratish;
2. «Adolat qo‘rg‘oni»: Har qanday tashqi bosim, ta’sir va aralashuvlardan mutlaqo xoli, inson huquqlari va qonun ustuvorligiga tayanadigan mustaqil odil sudlov institutini shakllantirish;
3. «Kafolatlangan adolat»: Chixqarilgan har bir qarorning qonuniy, adolatli va asosli bo‘lishini ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini to‘liq tiklash kafolatlarini kuchaytirish;
4. «Adolat posbonlari»: Yuksak axloqiy, ma’naviy va professional malakaga ega bo‘lgan, pok va halol sudyalar korpusini tarbiyalash hamda shakllantirish;
5. «Raqamli adliya»: Sud ishlarini yuritish jarayonlarini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish, sun’iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalarni sudlov tizimiga keng tatbiq etish;
6. «Xalqaro e’tirof»: Odil sudlov va inson huquqlari sohasidagi eng ilg‘or xalqaro standartlar hamda konvensiyalar talablarini milliy qonunchilik va amaliyotga integratsiya qilish.
Mazkur keng ko‘lamli strategiya O‘zbekiston sud tizimini jazolovchi organ emas, balki har bir fuqaroning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qiluvchi haqiqiy adolat maskaniga aylantirishga xizmat qiladi.
Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.































Izohlar 0
…