Ichki ishlar organlari PPX saf bo‘linmalari tarkibida otliq otryadlar tashkil etiladi

1 daqiqa o'qish1.2K
Ichki ishlar organlari PPX saf bo‘linmalari tarkibida otliq otryadlar tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:
  • ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalarining naryadlari tomonidan patrul xizmatini faqat avto va mototransport vositalarida olib borishga o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan transport vositalari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash;
  • otryadlarni xizmat otlari, tegishli transport vositalari va anjomlar bilan ta’minlash;
  • Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Navoiy viloyatlari ichki ishlar boshqarmalari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari tarkibida tashkil etiladigan otliq otryadlarni ushbu ichki ishlar boshqarmalariga tegishli bo‘lgan yer maydonlarida barpo etiladigan bino va inshootlarda, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati saf bo‘linmasi tarkibida tashkil etiladigan otliq otryadni esa Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamentiga tegishli bo‘lgan yer maydonida barpo etiladigan bino va inshootlarda joylashtirish;
  • Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi, Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalarining patrul-post xizmati saf bo‘linmalari tarkibida tashkil etiladigan otliq otryadlarni joylashtirish uchun Nukus va Buxoro shaharlari, Farg‘ona, Qarshi, Termiz tumanlari hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 1 gektardan zaxira yer maydonlarini Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi hamda tegishli viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga doimiy foydalanish huquqi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.

Belgilanishicha:
  • ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari otliq otryadlarining shtat birliklari Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari amaldagi shtat birliklari doirasida shakllantiriladi;
  • 2023-2026 yillarda ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalarini avto va mototransport vositalari, xizmat otlari va anjomlar bilan ta’minlash dasturi doirasida otliq otryadlarga qorabayir zotli otlar mazkur sohaga ixtisoslashgan mahalliy tashkilotlar tomonidan yetkazib beriladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?