![](https://storage.kun.uz/source/9/-RdkgYV_G_3qQpH7WS1kk6dWeU4fWLli.jpg)
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilishda Sirdaryoni sanoat, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va tibbiyot bo‘yicha “Ilg‘or innovatsiyalar hududi”ga aylantirish zarur ekanligi aytildi.
"Innovatsion hududda hokim, viloyat, tuman rahbarlari aholi va tadbirkorlarga sharoit yaratish bo‘yicha har kuni yangilikka intilishi, dunyoqarashi va yondashuvlari o‘zgarishi kerak. Shunda odamlarning ongi, dunyoqarashi o‘zgaradi, innovatsion va ishbilarmonlik muhiti shakllanadi", dedi prezident.
Ma’lum qilinishicha, viloyatni innovatsion hududga aylantirish uchun qaysi davlat tajribasini olib kelish bo‘yicha ko‘p o‘ylangan.
Nihoyat, O‘zbekistonga transport-logistika jihatdan eng yaqin va eng yirik davlat sifatida Xitoy tanlangan. Davlat rahbari bu qarorning sabablariga ham to‘xtaldi.
Oxirgi yillarda Xitoy:
- sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va tibbiyotda misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishdi;
- ilm, innovatsiya, muhandislik, elektro-texnika, roboto-texnika va Ay-Ti yo‘nalishlarida tajribasi katta;
- 150 milliard dollarlik oziq-ovqat va tekstil bozori bor;
- xitoylik investorlarning ham viloyatga qiziqishlari katta;
- oxirgi olti yilda Xitoylik investorlar bilan birga, Shirin shahri, Mirzaobod va Sirdaryo tumanlarida 60 dan ortiq yirik sanoat korxonalari ish boshlagan.
Viloyatga 2022 yilning o‘zida 250 million dollardan ziyod Xitoy investitsiyalari jalb qilingan. Bu viloyat investitsiyasining deyarli 90 foizi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)