51
“Viki Yerni sevadi—2024” xalqaro tanlovining O‘zbekiston bo‘yicha natijalari e’lon qilindi
Foto: O‘zA
Tabiatni, atrof-muhitning betakror go‘zalligi va xilma-xilligini tarannum etuvchi “Viki Yerni sevadi—2024” xalqaro tanlovining O‘zbekiston bo‘yicha natijalari e’lon qilindi.
Joriy yilgi tanlovda qatnashish uchun 49 nafar ishtirokchi tomonidan umumiy hisobda 2048 ta surat taqdim etilgan. Har bir suratda nafaqat mamlakatimizning go‘zal manzaralari, balki ishtirokchilarning tabiatga bo‘lgan chuqur mehr-muhabbati, ijodiy qarashi ham aks etgan. Bu yilgi tanlov suratlarining sifati o‘ziga xos yuqori darajaga ko‘tarilgan, bu esa hakamlar uchun eng yaxshi suratlarni tanlashda qiyinchilik tug‘dirgani tabiiy.
Tanlov natijasida 2048 ta surat ichidan 13 ta eng yaxshi rasm tanlab olindi. Ushbu suratlar 8 nafar ijodkor tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, ular mamlakatmizning go‘zalligini eng yuqori san’at asari darajasida aks ettirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Endi ushbu suratlar xalqaro bosqichda ishtirok etadi va O‘zbekiston tabiatining boyligi va uning saqlanishi borasidagi g‘amxo‘rlikni butun dunyoga namoyish etadi. Bu yurtimizni global miqyosda tanitish, xalqaro hamjamiyat e’tiborini mamlakatimiz tabiiy boyliklariga qaratish uchun noyob imkoniyatdir.
O‘tgan yilda ham O‘zbekiston tabiati aks ettirilgan suratlar xalqaro bosqichda yuqori baholanib, g‘oliblar qatoriga kirgan edi. Bu esa yurtimizning tabiiy go‘zalligi yana bir bor tasdiqlaydi.
Natijalar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi