Toshkentda havo ifloslanishi kun davomida pasaymasligi mumkin

Toshkentda 25 oktyabrdan 26 oktyabrga o‘tar kechasi havo sifati yomonlashdi. Bunga noqulay meteorologik sharoitlar ta’sir ko‘rsatgan. Kechqurun va tun davomida havodagi PM turkumiga mansub muallaq zarrachalar konsentratsiyasi ko‘tarilib, xalqaro havo sifati indeksi bo‘yicha ifloslanish «salomatlik uchun zararli» darajaga yetdi.
Prognozga ko‘ra, bugun kun davomida ham havo sifati sezilarli yaxshilanmasligi mumkin. Xalqaro AQI ko‘rsatkichi bo‘yicha zararli daraja saqlanishi kutilmoqda. Milliy indeksda esa «sariq» daraja prognoz qilingan.
Havodagi mayda zarrachalar nafas olish tizimiga ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa, astma yoki boshqa nafas yo‘llari kasalliklaridan aziyat chekadiganlar, bolalar va keksa yoshdagilar ehtiyot bo‘lishi lozim. Imkon qadar ochiq havoda uzoq vaqt yurmaslik, ko‘chada og‘ir jismoniy mashqlar qilmaslik va havo sifati bo‘yicha yangilangan ko‘rsatkichlarni tekshirib turish tavsiya etiladi.































Izohlar 0
…