Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali sobiq boshlig‘i 12 yilga qamaldi

1 daqiqa o'qish157
Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali sobiq boshlig‘i 12 yilga qamaldi
Foto: Videodan kadr
Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali sobiq boshlig‘i jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.

Sud hukmida keltirilishicha, 1985 yilda tug‘ilgan I.S. 2021 yil 24 may kunidan tezkor tadbirda ushlangunga qadar Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

I.S. Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Chortoq mahallasida joylashgan 20 sotix yer maydonida qurilgan uy-joylarga kadastr hujjatini rasmiylashtirib berish to‘g‘risida murojaat qilgan fuqarodan 25 000 AQSH dollari miqdorida pora berishni talab qilgan.

Fuqaroning arizasiga asosan 2024 yil 7 mart kuni DXXning Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda I.S. o‘z xizmat xonasida fuqarodan talab qilgan 25 000 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

I.S. sudda aybiga iqrorlik bildirmagan hamda o‘sha vaqtda pulga muhtoj bo‘lganligini ma’lum qilgan.

“Fuqarodan 25 000 AQSH dollarini talab qilishimga sabab, o‘sha vaqtda pulga muhtoj bo‘lib turgandim. Chunki ko‘chada tanishlarimdan qarzim bor edi. Shu sababli fuqaroni aldab, 25 000 AQSH dollarini olmoqchi bo‘ldim. Aslida filial rahbari sifatida mening yer maydonlariga kadastr hujjatini to‘liq rasmiylashtirib berish vakolatim bo‘lmagan. Bu Kadastrlar palatasi Toshkent shahar boshqarmasining vakolatiga kiradi. Fuqaroning 25 000 AQSH dollarini olib, o‘sha kuni uning yer maydoniga biror-bir xodimini yuborib o‘lchatib, keyinchalik unga tez orada kadastr hujjati tayyor bo‘lishini aytgan holda aldab yurmoqchi bo‘ldim. Shu orada uning pullari orqali qarzlarimni so‘ndirib, ma’lum vaqt o‘tgach, boshqa joydan pullarni topib, unga qaytarib bermoqchi edim”, degan u suddagi ko‘rsatmasida.

I.S.ning aybi guvohlarning ko‘rsatmalari va boshqa dalillar bilan o‘z isbotini topgan.

Sudning hukmi bilan I.S. Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismining “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilishda aybli deb topilgan. Unga 3 yil mansabdorlik lavozimlarini egallash, moddiy javobgarlik hamda kadastr agentligi tizimidagi vazifalarda xodim sifatida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?