Inson botinida ijtimoiy tafovutlarni bilmaydigan, engib boʻlmas toʻsiqlar, hal etilmagan muammolardan bexabar kuchlar mavjud. U pastlashgan, quyi va nochor, shu bilan birga boy-badavlat va gullab-yashnagan, hamma tushunadigan darajada ommabopdir. Kim toʻgʻri tafakkur yuritsa, bu kuchga egalik qiladi. Dadil boʻling. Buni oʻzingizdan boshqa hech kim kashf eta olmaydi...
Aqlni egallagan notanish qoʻrquv nimadan iborat? Xuddi qisqa tutashuv kabi birinchi urinishdayoq insonni muvaffaqiyat choʻqqisiga olib chiqishi mumkin boʻlgan kuchni kashf etishga oʻxshash narsani chaqiradigan «tilsim» nima oʻzi? Nega aksariyat odamlar oʻz hayotining gipnotik salbiy maromi qurboniga aylanadi, nima uchun ularning qobiliyati oʻz kuchlarining yashirin jihatlaridan mosuvo boʻladi?
Barcha daholar ana shu kuch tomon yoʻl topganlar. Buyuk liderlar amerikacha turmush tarzining shakllanishiga hissa qoʻshganlarida xuddi shu yoʻlni bosib oʻtganlar.
Frenk Gonsaules ich-ichidan keluvchi ushbu sirli kuchdan qanday foydalanishni bilardi. Bu boʻlajak ruhoniy yangi tipdagi kollej yaratishni orzu qilgan. U nimani xohlashini aniq bilar, ammo buning uchun millon dollar talab qilinishi eng katta toʻsiq boʻlib turardi.
Gonsaules oʻz oldiga million dollarga ega boʻlish vazifasini qoʻydi. Qat'iy moʻljal va maqsadning aniqligi rejasining birinchi bosqichini belgiladi. U oʻylab-oʻylab, «Men million dollar bilan nima qilgan boʻlardim?» degan mavzuda ma'ruza yozdi. Keyin esa Chikago gazetalarida e'lon berib, kelgusi hafta yakshanbasidagi ertalabki ibodatda shu mavzuda ma'ruza oʻqishini ma'lum qildi.
Oʻsha kun keldi. Va'z oʻqib boʻlganidan keyin Gonsaulesning oldiga bir notanish kishi keldi va shunday dedi:
– Menga sizning va'zingiz yoqdi. Marhamat, ofisimga borib, oʻzingizga zarur boʻlgan bir million dollarni olishingiz mumkin.
Bu notanish kishi «Armur kompani» kompaniyasining asoschisi Filipp Armur edi.
Voqea shu bilan tugadi va uning mohiyati shundaki, hammasini xohish-istak sari burib yuborishga majbur etuvchi kuch asosida IShONCh mavjud edi. Bu shunchaki passiv ishonch boʻlmay, xatti-harakat bilan mustahkamlangan ishonch edi.
Toʻgʻri anglangan ishonch hamisha faol boʻladi, aslo passiv boʻlmaydi. Passiv ishonchda ishlaydigan motorning kuchidan ziyod kuch yoʻq. Vaholanki, mashina ishlashi uchun uni harakatga keltirish kerak. Faol ishonch qoʻrquv nima ekanligini bilmaydi va oʻzida hech qanday cheklanishlarni qoldirmaydi. Oʻlguday ojizlashgan odam ham oʻzidagi ishonch tufayli qoʻllab-quvvatlanib, kuchli va buyuk darajaga etadi. U kulfat, muvaffaqiyatsizlik va qoʻrquvni nazar-pisand qilmaydi.
Hayot yoʻllari ba'zida odamlarni shunday chorrahaga olib keladiki, ular yoʻl koʻrsatkichlariga qarab, birida «Ishonch», boshqasida «Qoʻrquv» deb yozilgan qismat bitiklaridan birini tanlashlari kerak boʻladi. Ammo odamlar aksar hollarda «Qoʻrquv» yoʻlini tanlaydilar. Nima uchun? Bu tanlov insonning ichki ongli qurilmasidan kelib chiqadi. Yaratgan esa bizga ularni nazorat qilish qobiliyatini ato etgan.
Kimki ishonch yoʻlini tanlagan boʻlsa, oʻz ongini shunga qarab moslaydi. Ular qachonki tez va dadil qarorlar qabul qilishsa, ana oʻshanda doimiy jarayonda bu ishni amalga oshirishadi. Qoʻrquv yoʻlini tanlaganlar ham shunday harkat qilishadi, chunki ularning ongi tajriba asosida moslashishdan bosh tortadi.
Siz bu sirli kuchni ichingizdan axtaring. Uni topgan paytingizda oʻzingizning haqiqiy «men»ingiz bilan uchrashasiz. Bu sirli kuch shaxsiy «yarmingiz» hisoblanadi. Siz hayotingizdagi har bir tajriba asosidagi modelning takomillashgan turini yaratasizmi, ajoyib kitob yozasizmi yoki yuksak mazmunli ma'ruzalar tayyorlaysizmi, tinchlik-osoyishtalik eshigingizni chertadi va siz obroʻ-e'tibor hamda mukofotga ega boʻlasiz. Kim boʻlishingiz, ilgari mudom muvaffaqiyatsizlik ta'qib etganidan qat'iy nazar, endi bunday boʻlmaydi. Sizni muvaffaqiyat kutadi.
(Napoleon Xill kitobidan)
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar