Kecha, 11 aprel kuni soat 21:53 da A-373 Toshkent–O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududida Toshkentdan vodiy tomonga harakatlanayotgan Changan rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga keldi.
Elektroskuter quvvatlagichi yong‘inga sabab bo‘lgan
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, yong‘in avtomobil yukxonasida bo‘lgan elektroskuter quvvatlagichidagi qisqa tutashuv tufayli kelib chiqqan.
Hodisa haqida Qamchiq maxsus qidiruv va yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar berilgan.
2 daqiqada o‘rab olindi, 3 daqiqada o‘chirildi
Soat 22:09 da 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in 22:11 da o‘rab olingan, 22:12 da to‘liq o‘chirilgan.
Avtomobilning salon va yukxona qismi zararlangan. Biroq tezkor harakatlar natijasida yukxonadagi 18 ta velosipeddan 9 tasi va 4 ta elektroskuterdan 1 tasi saqlab qolingan.
Tana jarohati olganlar yo‘q
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Rasmiylar tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Siz nima deb o‘ylaysiz — elektr qurilmalarni avtomobilda tashishda qanday ehtiyot choralariga rioya qilish kerak?
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!