
Navoiy viloyatidagi bir avtogaz quyish shoxobchasi davlatga tegishli tabiiy gazni noqonuniy tarzda o‘g‘irlagani aniqlandi, deb "Uzenergoinspeksiya" axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa Navbahor tumanida sodir bo‘lgan. "Uzenergoinspeksiya" va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tekshiruv davomida, mahalliy AGNKSlarda gaz hisoblagich qurilmasiga tashqi ta’sir ko‘rsatuvchi uskuna o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi.
Gaz sarfini o‘lchovchi tizimning kirish va chiqish quvurlariga o‘rnatilgan maxsus moslama hisoblagichni noto‘g‘ri ko‘rsatishga majbur qilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning dastlabki hisob-kitobiga ko‘ra, shu yo‘l bilan 26 milliard 27 million so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
O'zbekiston yangiliklari Navoiy ViloyatiAvtogaz QuyishDavlat GaziniNoqonuniy O‘g‘irlanishUzenergoinspeksiya XizmatiTergov Ishlari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar