Yandex Uzbekistan o‘smirlar uchun Python kursini ochadi

1 daqiqa o'qish303
Yandex Uzbekistan o‘smirlar uchun Python kursini ochadi
Yandex Uzbekistan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun bepul Python dasturlash onlayn-kursini boshlaydi, deb Kursiv xabar berdi. Kompaniya matbuot xizmatiga ko‘ra, tinglovchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish 15 avgustgacha ochiq. Kursga dastlabki tayyorgarlik talab etilmaydi va dasturlashga qiziqish bildirgan yoshlar uchun mo‘ljallangan.

Dars dasturida Python asoslari va turtle vizual modulida ishlash o‘rgatiladi. Turtle orqali yoshlar kod yordamida rasm chizishni va dasturlashni yaxshiroq tushunishni o‘rganadi. Kurs sakkizta moduldan iborat bo‘lib, uni tamomlaganlarga sertifikat beriladi.

Kursni 20 avgustgacha muvaffaqiyatli yakunlagan 120 nafar eng yaxshi o‘quvchi Yandex dasturlash maktabiga tanlovsiz qabul qilinadi va ular uchun kuzda Python’ning chuqurlashtirilgan kursi boshlanadi. Python 1991 yilda yaratilgan bo‘lib, bugungi kunda eng mashhur dasturlash tillaridan biri hisoblanadi
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?