Toshkentdagi quvur tsexida yong‘in sodir bo‘ldi

1 daqiqa o'qish261
Toshkentdagi quvur tsexida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 11-sentabr kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan plastmassa quvur ishlab chiqarish tsexida yong‘in sodir bo‘ldi, deb Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, soat 12:40 da Qushbegi ko‘chasidagi mazkur tsexda yong‘in boshlanganligi haqida FVVga xabar kelib tushgan. Hodisani bartaraf etish uchun yong‘in-qutqaruv otryadlari soat 12:46 da voqea joyiga yetib borgan.

Yong‘in soat 13:08 da to‘liq qurshab olingan va soat 13:15 da batamom o‘chirilgan. Tezkor harakatlar tufayli yong‘in keng miqyosda tarqalishiga yo‘l qo‘yilmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tan jarohati olganlar yo‘q.

Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri shaxsan yetib borgan va Toshkent shahar FVV rahbariyati nazoratni o‘z qo‘liga olgan. Hozirda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?