1,2 milliard so‘mlik qarz uchun garaj xatlandi

1 daqiqa o'qish218
1,2 milliard so‘mlik qarz uchun garaj xatlandi

Jizzax viloyatida qarzdorlikni vaqtida to‘lamagan mas’uliyati cheklangan jamiyatga tegishli mulk musodara qilindi. Bu haqda Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sud tomonidan “L.Ye” MCHJ hisobidan bank foydasiga 1,2 milliard so‘m qarz undirish haqidagi ijro varaqasi ijroga yuborilgan. Hujjat Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti huzuridagi Alohida muhim ijro ishlarini amalga oshirish bo‘limi ish yurituviga qabul qilingan.

Ijro jarayonida qarzdor jamiyatga tegishli barcha hisob raqamlari va mol-mulklari bo‘yicha taqiq qo‘yildi. Jamiyat mas’ullari qarzni ixtiyoriy ravishda to‘lash zarurligi haqida bir necha bor rasman ogohlantirilgan bo‘lsa-da, ular bu talabni bajarmagan.

Shundan so‘ng ijro harakatlari doirasida qarzdorga tegishli garovdagi mulk — Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida joylashgan noturar bino (garaj) xatlovga olindi.

Byuro ma’lum qilishicha, mazkur mulk endilikda elektron onlayn savdolar orqali auksionga qo‘yiladi. Savdodan tushgan mablag‘ esa qarzdorlikni qoplash uchun yo‘naltiriladi.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, qarz — bu ikki tomonlama mas’uliyat. Agar qarz oluvchi o‘z majburiyatini bajarmasa, uning mulkini musodara qilish orqali qarz qoplanishi mumkin. Shu sababli, fuqarolar va korxonalarga o‘z moliyaviy majburiyatlariga jiddiy yondashish tavsiya qilinmoqda.

Joriy yil davomida shunday majburiy ijro ishlari orqali yuzlab qarzdor korxonalarning mulklari onlayn savdoga chiqarilgan. Maqsad — davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi moliyaviy intizomni mustahkamlash va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdir.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?