Yakkabog‘da yonma-yon ikki oshxonada yong‘in chiqdi

1 daqiqa o'qish106
Yakkabog‘da yonma-yon ikki oshxonada yong‘in chiqdi

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tungi vaqtda yonma-yon joylashgan ikki umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida har ikki binoga zarar yetgan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 1 oktyabr kuni soat 03:17 da Amir Temur ko‘chasida yuz bergan.

Xabar kelib tushgach, Yakkabog‘ tumani FVBga qarashli 22-sonli qutqaruv qismi tomonidan ikki navbatchilik bo‘linmasi hodisa joyiga yo‘llangan. Qutqaruvchilar soat 03:25 da manzilga yetib borgan.

Tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 04:25 atrofida to‘liq bartaraf etilgan. Mutaxassislarning sa’y-harakatlari bilan yong‘inning yanada kengayishiga yo‘l qo‘yilmay, 600 kvadrat metr hudud saqlab qolingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi ovqatlanish shoxobchasining 40 kvadrat metr, ikkinchi shoxobchaning esa 38 kvadrat metr maydoni zararlangan.

Ayni paytda yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lgan holatlar aniqlanmoqda. Voqea yuzasidan tegishli tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?