
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida o‘tkazilgan navbatdagi reydlar davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq yirik qoidabuzarliklar aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” Respublika ishchi guruhi ma’lum qildi.
Tekshiruvda “H.G.M.” MChJga qarashli binoda elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish holati fosh bo‘ldi. Korxona hisoblagichni chetlab o‘tgan holda foydalanilgan elektr uchun 685,9 million so‘mlik zarar yetkazgani qayd etildi.
Shu kabi qonunbuzarlik “CH.Y.N.S.” MChJ faoliyatida ham aniqlangan. Mazkur korxona ham ruxsatsiz ulanish yo‘li bilan elektr energiyasidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘lib, davlatga 565,6 million so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Jami hisobda ikki korxonaning noqonuniy harakati oqibatida 1,25 milliard so‘mdan ortiq zarar kelib chiqqan.
Mazkur holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan. Aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilishi ta’kidlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.