Zangiotada qurilayotgan binoda yong‘in chiqdi
1 daqiqa o'qish1

15 noyabr kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 13:08 da tumanning “Eshonguzar” MFY, Amir Temur ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan binodan qora tutun chiqayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga yetib borgan yong‘in-qutqaruv ekipajlari yong‘inni soat 13:18 da to‘liq o‘chirgan.
Aniqlanishicha, binoning sokol qismida saqlanayotgan qurilish materiali — penoplast yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…