Baxmaldagi sel sabab 32 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi

Baxmaldagi sel sabab 32 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yuz bergan sel oqibatida 32 nafar fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, evakuatsiya ishlari «Jo‘m-Jo‘msoy» dam olish maskani hamda Nushkent MFY hududida amalga oshirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sel oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar qayd etilmagan.

Harbiylar va fuqarolar toshqin paytida chaqaloqni xavfli hududdan qutqarmoqda.

Biroq kuchli oqim tufayli «Jo‘m-Jo‘msoy» dam olish maskaniga olib boruvchi ko‘prik qisman shikastlangan. Shuningdek, yo‘lda qolgan «Damas» va «Gentra» rusumli avtomobillarga ham zarar yetgan.

Hozirgi vaqtda mutasaddilar tomonidan sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari to‘liq yakunlangani bildirilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar