O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga yangi rahbar tayinlandi

1 daqiqa o'qish372
O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga yangi rahbar tayinlandi

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi rahbariyatida o'zgarish yuz berdi. Tashkilot Boshqaruvining bugun bo'lib o'tgan yig'ilishida Shuxratjon Oripov Orip o'g'li Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Shuxratjon Oripov o'z faoliyati davomida matbuot va axborot sohasida yetarli tajriba to'plagan mutaxassislardan biri hisoblanadi. U ayni damda "Biznesni rivojlantirish banki" matbuot kotibi lavozimida ishlab kelmoqda. Endilikda u bankdagi faoliyati bilan bir qatorda mamlakatimizdagi jurnalistlar hamjamiyatini birlashtiruvchi nufuzli tashkilotga rahbarlik qiladi.

Jurnalistlar uyushmasi mamlakatimizda so'z erkinligini ta'minlash, ommaviy axborot vositalari xodimlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda soha vakillarining malakasini oshirishda muhim o'rin tutadi. Yangi rahbar oldida turgan asosiy vazifalar qatorida jurnalistlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va media sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish turibdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?