O‘zbekiston-Afg‘oniston farmatsevtika hamkorligi yangi bosqichga o‘tmoqda

1 daqiqa o'qish208
O‘zbekiston-Afg‘oniston farmatsevtika hamkorligi yangi bosqichga o‘tmoqda

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Qobul shahriga xizmat safari doirasida Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishi va farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonning farmatsevtika mahsulotlari yuqori sifat va raqobatbardoshligi bilan ajralib turadi, bu esa ikki davlat o‘rtasida farmatsevtika savdosini 500 mln AQSH dollariga yetkazishni ustuvor vazifa sifatida belgilashga asos bo‘lgani taʼkidlandi.

Mazkur maqsadga erishish uchun qo‘shma operativ ishchi guruh tashkil etish muhimligi alohida taʼkidlandi. Jumladan, Afg‘onistonda Good Distribution Practice (GDP) standartlari asosida hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek yirik distribyutorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi takliflar ilgari surildi.

Tomonlar texnik ishchi guruh tuzish, axborot almashuvini faollashtirish va yaqin istiqbolda ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirish zarurligini ham qo‘shimcha ravishda qayd etishdi. Bu tashabbuslar farmatsevtika bozorida strategik manfaatlarni taʼminlash va sohadagi investitsiyalarni kengaytirish uchun muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Uchrashuv yakunlari ikki davlat farmatsevtika sanoatlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, mahsulotlar sifatini oshirish va xalqaro standartlarga muvofiq tarmoqlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?