16:49 / 17.04.2017
7 614

​Andijonda 21 yoshli talaba davolash markazi ochdi

​Andijonda 21 yoshli talaba davolash markazi ochdi
Andijon shahrida “Fetus medicine” davolash va diagnostika markazi ish boshladi. Ushbu markazda xotin-qizlarga ginekologiya, dermatologiya, fizioterapiya, UZI, EKG, qon va siydik tahlillari bo‘yicha xizmat turlari taklif etiladi. Bu haqda “Andijonnoma” saytiga asoslanib “Qalampir.uz” xabar berdi.

26 nafar malakali shifokor va hamshiralar faoliyat ko‘rsatayotgan ushbu maskanda bemorlar stasionar va ambulator sharoitida davolanishlari mumkin. 1 milliard 125 million so‘m mablag‘ evaziga bunyod bo‘lgan muassasada boshqa turdosh markazlardan farq qiluvchi jihatlar juda ko‘p. Masalan, kam ta’minlangan, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar va nogiron farzandni tarbiyalayotgan onalarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.

Eng so‘nggi rusumdagi va jahonning tibbiyot sohasidagi texnik vositalar ishlab chiqarishda etakchi mamlakatlar bo‘lmish Xitoy va Koreya davlatlarida ishlab chiqarilgan texnik tibbiy vositalar to‘g‘ri, aniq tashxis qo‘yish va davolash imkonini beradi. Bemorlar bepul nonushta, maslahat va boshqa xizmat turlaridan foydalanish imkoniga ham egalar.

Andijon davlat tibbiyot institutining ikkinchi bosqich talabasi, 21 yoshli Jasurbek Qo‘chqorov rahbarligidagi ushbu jamoa o‘z faoliyatini xayrli ishlarga yo‘naltirishni rejalashtirgan. Faoliyatning ilk kunida Andijon shahrida istiqomat qiluvchi besh nafar bolajonning sunnat to‘ylarini tashkillashtiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » ​Andijonda 21 yoshli talaba davolash markazi ochdi