To‘yxonada ham futbol: mehmonlar ekranga mixlandi

Toshkentdagi to‘yxonalardan birida ertalabki oshga yig‘ilgan mehmonlar O‘zbekiston — Kolumbiya uchrashuvini katta ekranda kuzatib borishdi. Mazkur o‘yin davralardagi suhbatlarni bir chetga surib, barcha mehmonlarning e’tiborini o‘ziga qaratdi. O‘sha onlarda kimdir qoshiqni qo‘lida ushlab qolgan bo‘lsa, yana kimdir gapini tugatishni ham unutdi. Ushbu holat futbol oddiy o‘yin emas, balki millionlab insonlarni birlashtira oladigan ulkan kuch ekanini yana bir bor isbotladi.
Toshkentdagi to‘yxonalardan birida ertalabki oshga yig‘ilgan mehmonlar kutilmaganda suhbatni bir chetga surib qo‘ydi. Sabab esa bitta — O‘zbekiston — Kolumbiya uchrashuvi!
Katta ekranga tikilgan yuzlar, jimib qolgan davralar va yurak urishlari bir maromda — barchaning qalbi maydonda, terma jamoamiz bilan birga edi. Kimdir qoshiqni qo‘lida ushlab qolgan, yana kimdir gapini tugatishni ham unutgan — futbol o‘sha onlarda hammani birlashtirdi.
Bugun kim qayerda bo‘lishidan qat’i nazar — uyda, ishda yoki to‘yda — e’tibor faqat bitta joyda jam bo‘ldi: O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinida.
Ana shunday lahzalar futbol oddiy o‘yin emas, balki millionlab insonlarni birlashtira oladigan ulkan kuch ekanini yana bir bor isbotlaydi.






























Izohlar 0
…