Qashqadaryolik eng keksa faxriy hayotdan ko‘z yumdi

O‘zbekistondagi eng keksa Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 116 yoshli Ro‘ziboy Sattorov 21 iyun kuni hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot kotibi ma’lum qildi. Marhum Qashqadaryodan urushga jalb etilgan 47 mingdan ortiq yurtdoshlar orasida bo‘lib, frontdan sog‘-omon qaytgan faxriylar sirasiga kiradi. O‘tgan yili 9 may arafasida viloyat rahbariyati uning xonadoniga borib, davlat rahbari tabrigini yetkazgan va mukofot topshirgan edi.
21 iyun kuni O‘zbekistondagi eng keksa Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Qamashilik 116 yoshli Ro‘ziboy Sattorov vafot etdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot kotibi ma’lum qildi.
U Qashqadaryodan urushga jalb etilgan 47 mingdan ortiq yurtdoshlar orasida bo‘lib, frontdan sog‘-omon qaytgan faxriylar sirasiga kiradi. Ro‘ziboy ota butun mamlakatdagi eng uzoq umr ko‘rgan urush qatnashchisi sifatida tanilgan.
O‘tgan yili 9 may arafasida viloyat rahbariyati uning xonadoniga borib, davlat rahbari tabrigini yetkazgan va mukofot topshirgan edi. O‘shanda faxriy o‘zining umr bo‘yi orzusi — samolyotda uchishni amalga oshirgan.































Izohlar 0
…