Lola Karimova-Tillayeva turmush o‘rtog‘i bilan rasman ajrashganini e’lon qildi

1 daqiqa o'qish368
Lola Karimova-Tillayeva turmush o‘rtog‘i bilan rasman ajrashganini e’lon qildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning kichik qizi Lola Karimova-Tillayeva tadbirkor Temur Tillayev bilan uzoq yillik nikohi rasman yakunlanganini ma'lum qildi.
  • Ular nikoh davomida Maryam, Umar va Safiya ismli uch nafar farzendni voyaga yetkazishdi hamda 2002 yilda «Sen yolg‘iz emassan» jamg‘armasiga asos solishgan.
  • Shuningdek, mazkur juftlik 2018 yil oxirigacha Toshkentdagi «Abu Saxiy» savdo majmuasiga egalik qilgan.

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning kichik qizi Lola Karimova-Tillayeva va tadbirkor Temur Tillayevning uzoq yillik nikohi o‘z nihoyasiga yetdi. Lola Tillayeva o‘zining Instagram sahifasida muxlislari bilan kutilmagan va ochiq yangilikni bo‘lishib, ajrashish jarayoni rasman yakunlanganini ma’lum qildi.

«O‘zimni tanlayapman»

Lola Tillayeva ijtimoiy tarmoqdagi postida yangi sahifa ochish vaqti kelganini quyidagi samimiy so‘zlar bilan ifodaladi:

“O‘zimga gullar sotib olyapman. O‘zimni tanlayapman. Rasman ajrashdim. Va bundan xursandman. Endi esa o‘sish, erkinlik va chinakam o‘zimga tegishli bo‘lgan hayot sari intilyapman”.

Oila, farzandlar va xayriya loyihalari

Ushbu juftlikning hayot yo‘li nafaqat oilaviy rishtalar, balki ko‘plab yirik ijtimoiy hamda xayriya loyihalari bilan ham bog‘liq edi.

  • Farzandlari: Nikoh davomida ular 3 nafar farzand — Maryam, Umar va Safiyani voyaga yetkazishdi.

  • «Sen yolg‘iz emassan» jamg‘armasi: Er-xotin 2002 yilda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ko‘mak berish maqsadida mazkur jamg‘armaga asos solishgan. Jamg‘arma yillar davomida bolalar uylarini mukammal ta’mirlash, zarur tibbiy yordam ko‘rsatish va ta’lim dasturlarini qo‘llab-quvvatlash bilan faol shug‘ullanib keldi.

Millionlab dollarlik biznes va «Abu Saxiy» tarixi

Tillayevlar oilasi uzoq yillar davomida yirik tadbirkorlik faoliyati bilan ham tilga olib kelingan. Xususan, ular 2018 yilga qadar Toshkentdagi eng mashhur va ulkan ulgurji bozor bo‘lmish “Abu Saxiy” savdo majmuasiga egalik qilishgan.

Garchi er-xotin bozorga va u bilan bog‘liq logistik kompaniyalarga egalik qilishlari to‘g‘risida hech qachon ochiq gapirmagan bo‘lishsa-da, hukumatga yaqin moliyachi va bozor tadbirkorlarining Reuters axborot agentligiga bergan ma’lumotlariga ko‘ra, ular mazkur bozorga 2018 yil oxirigacha egalik qilganliklari tasdiqlangan.

Hozirgi kunda ular nima bilan band?

Bugungi kunda har ikki tomon ham o‘z yo‘lini mustaqil ravishda davom ettirmoqda:

  • Temur Tillayev: Ayni paytda AQSH va Yevropa mamlakatlarida o‘z biznes faoliyatini yuritib kelmoqda. Uning asosiy qiziqishlari doirasidan madaniyat, san’at va arxitektura loyihalari o‘rin olgan.

  • Lola Karimova-Tillayeva: Go‘zallik va estetika olamida o‘z mustaqil brendini yarata oldi. U butun dunyoda mashhur bo‘lgan hashamatli parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “The Harmonist” brendining asoschisi hisoblanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?