«Abu Sahiy» bozori oldida KamAZ gaz balloni portladi

«Abu Sahiy» bozori oldida KamAZ gaz balloni portladi

Toshkentdagi «Abu Sahiy» bozori oldida harakatlanayotgan KamAZ yuk mashinasining gaz balloni portlab ketgani haqida video tarqaldi.

Tasvirlarda yo‘lda ketayotgan yuk mashinasida kuchli portlash yuz berganini ko‘rish mumkin. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, hodisa avtomobil gaz balloni bilan bog‘liq bo‘lgan.

Hozircha voqeaning aniq vaqti, portlash sababi, jabrlanganlar bor-yo‘qligi va transport vositasiga yetgan zarar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Hodisa yuzasidan mutasaddi idoralarning rasmiy izohi kutilmoqda. Qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum bo‘lgach, axborotga aniqlik kiritiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar