O‘zbekistonda «Otalar kuni»ni joriy etish taklif qilindi

O‘zbekistonda «Otalar kuni»ni joriy etish taklif qilindi

«Milliy tiklanish» partiyasining Andijon, Buxoro va Farg‘ona viloyatlaridagi hududiy kengashlari O‘zbekistonda yangi ijtimoiy sana, «Otalar kuni»ni joriy etish tashabbusi bilan chiqdi.

Tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad otalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirish, oila boshlig‘ining o‘rnini mustahkamlash va sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishdan iborat.

Partiya vakillarining fikricha, ota oilada mardlik, mas’uliyat va vatanparvarlik namunasi bo‘lishi kerak. Uning farzand tarbiyasidagi ishtiroki nafaqat oila, balki jamiyat barqarorligi uchun ham muhim hisoblanadi.

Tashabbus mualliflari otaning oiladagi mavqeini davlat darajasida e’tirof etish yosh avlodning to‘g‘ri tarbiyalanishiga va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

Hozircha «Otalar kuni» qaysi sanada nishonlanishi va bu tashabbus qanday tartibda ko‘rib chiqilishi haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar