1 sentyabrdan hujjatsiz avtomobillarga metan quyilmaydi

1 sentyabrdan boshlab metan gaz quyish shoxobchalarida avtomobillarni tekshirishning yangi tartibi joriy etiladi. Unga ko‘ra, texnik ko‘rikdan o‘tmagan, gaz balloni sinovdan o‘tkazilmagan yoki kerakli hujjatlarga ega bo‘lmagan transport vositalariga metan quyilmaydi.
Yangi qoida muddati o‘tgan gaz balloni o‘rnatilgan avtomobillarga ham taalluqli. Bunday mashinalar shoxobchaga kelganda tizim ularning ma’lumotlarini avtomatik ravishda tekshiradi.
AGTKSHlarda maxsus «aqlli» kameralar o‘rnatiladi. Ular avtomobil davlat raqamini aniqlab, transport vositasi haqidagi ma’lumotni yagona elektron baza bilan solishtiradi.
Agar avtomobil tizimdagi «qora ro‘yxat»ga kiritilgan bo‘lsa, metan quyish avtomatik ravishda bloklanadi. Buning uchun shoxobcha xodimining alohida qaror qabul qilishi talab etilmaydi.
Metan quyilmaydigan avtomobillar:
• Texnik ko‘rikdan o‘tmagan transport vositalari
• Gaz balloni sinovdan o‘tkazilmagan avtomobillar
• Foydalanish muddati tugagan gaz ballonli mashinalar
• Zarur hujjatlari mavjud bo‘lmagan transport vositalari































Izohlar 0
…