Yashnobodda 31 o‘ram giyohvandlik moddasi bilan gumonlanuvchi ushlandi

Yashnobodda 31 o‘ram giyohvandlik moddasi bilan gumonlanuvchi ushlandi

Toshkentning Yashnobod tumanida giyohvandlik moddalarini yashirin joylarga qoldirish bilan shug‘ullanganlikda gumon qilingan fuqaro ushlandi.

Qo‘riqlash departamenti xodimlari mahallalardan birida shubhali harakatlanayotgan erkakka e’tibor qaratgan. U yashirin joylarni qidirayotgan yoki yangi joy tayyorlayotgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan.

Tekshirishga urinish vaqtida fuqaro qarshilik ko‘rsatib, qochishga harakat qilgan. U mahalla ichiga kirib ketgan, biroq uylar orasidagi berk ko‘chada ushlangan.

Shaxsiy tintuv paytida undan tarqatish uchun tayyorlangan 31 ta o‘ram giyohvandlik moddasi topilgan. Ularni yashirin joylarga qoldirish orqali tarqatish rejalashtirilgani aytilmoqda.

Gumonlanuvchi hibsga olindi. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar