Toshkentda soxta dollarlarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahrida 10 ming AQSH dollari miqdoridagi qalbaki valyutani sotishga urinish holati aniqlandi, deb xabar berdi Bankir kanali.
Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.A. ushlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u nominali 100 dollar bo‘lgan 100 dona qalbaki kupyurani 6 500 haqiqiy AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan.
Tezkor tadbir vaqtida soxta banknotalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi, ya’ni qalbaki pul yasash yoki uni o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…