Farg‘ona viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

24 iyun kuni soat 21:07 da Farg‘ona viloyati hududida zilzila qayd etildi.

Respublika Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, yer silkinishi epitsentri Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida joylashgan. Zilzila magnitudasi 4 ballni, chuqurligi esa 13 kilometrni tashkil etgan.

Yer silkinishi Farg‘ona viloyatida epitsentrdan 14 kilometr masofada 3–4 ball kuch bilan sezilgan. Andijon viloyatida esa zilzila kuchi 2 ballni tashkil qilgan. Hudud epitsentrdan 63 kilometr masofada joylashgan.

Zilzila epitsentri Toshkent shahridan 251 kilometr janubi-sharqda qayd etilgan.

Hozircha zilzila oqibatida talafotlar yoki jabrlanganlar borligi haqida ma’lumot berilmadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar