Ziyodaning “Fark et” qisqa taronasi tarmoqlarda yuqori baholanmoqda! (video)

Ziyodaning “Fark et” qisqa taronasi tarmoqlarda yuqori baholanmoqda! (video)
Qisqacha

Xonanda Ziyoda yaqin kunlarda muxlislariga “Fark et” nomli yangi taronasini taqdim etishi kutilmoqda. Premeradan avval e'lon qilingan qisqa parcha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muxlislar va san'at olamidagi ko'plab ijodkorlarning e'tiborini tortdi. Ko'pchilik qo'shiqning o'zgacha uslubi hamda yangicha ohangini yuqori baholab, Ziyodaning ijodiy izlanishlarini olqishlamoqda.

Xonanda Ziyoda muxlislari uchun navbatdagi musiqiy yangilikni tayyorlamoqda. San’atkor yaqin kunlarda “Fark et” nomli yangi taronasini taqdim etishi kutilmoqda.

Premeradan avval e’lon qilingan qisqa parcha ijtimoiy tarmoqlarda qisqa vaqt ichida keng tarqalib, muxlislarning e’tiborini tortdi. Ko‘pchilik qo‘shiqning o‘zgacha uslubi va yangicha ohangini yuqori baholamoqda.

Ayniqsa, san’at olamidagi ko‘plab ijodkorlar ham ushbu taronaga befarq qolmay, izohlarda Ziyodaning yangi ijodiy izlanishlarini olqishlashmoqda.

Muxlislar esa “Fark et”ning to‘liq talqinini intiqlik bilan kutayotganini bildirib, qo‘shiq navbatdagi xitlardan biriga aylanishini taxmin qilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar