Andijonda sobiq erini o‘ldirish uchun qotil yollamoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

1 daqiqa o'qish242
Andijonda sobiq erini o‘ldirish uchun qotil yollamoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Andijon viloyatining Asaka tumanida sobiq turmush o‘rtog‘ini o‘ldirish uchun yollanma qotil izlagani gumon qilingan 52 yoshli ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 1974 yilda tug‘ilgan ayol uy-joy bilan bog‘liq nizo sabab birga yashayotgan 1972 yilda tug‘ilgan sobiq turmush o‘rtog‘ini o‘ldirishni rejalashtirgan. Buning uchun u 3 ming AQSH dollari evaziga ijrochi izlayotgani haqida tezkor ma’lumot olingan.

Shundan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organlar tezkor tadbir tashkil etgan. Unda shartli yollanma qotil jalb qilingan. Ayol 10 iyul kuni qotil sifatida tanishtirilgan shaxs bilan uchrashib, rejani muhokama qilgan va avvaldan kelishilgan mablag‘ning 5 million so‘mini bergan. Qolgan pulni esa ish bajarilganidan keyin to‘lashini bildirib, tilxat yozib bergan.

11 iyulga o‘tar kechasi tezkor tadbir davomida ayolga sobiq turmush o‘rtog‘i o‘ldirilgani haqida sahnalashtirilgan holat ko‘rsatilgan. U voqea joyiga kelib, bu holatga ishonch hosil qilganidan keyin kelishilgan mablag‘ni berishini aytgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 25 va 97-moddasi 2-qismi «i» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U dastlabki ko‘rsatmasida qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?