Odilxon qori qariyb 8 yilga hukm qilindi

1 daqiqa o'qish1.5K
Odilxon qori qariyb 8 yilga hukm qilindi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Toshkent shahridagi masjidlarda imom-xatib bo‘lib ishlagan va “Rayxon oilaviy milliy taomlari” tarmog‘iga asos solgan Odilxon Ismoilovga nisbatan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
  • Jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tumani sudida ko‘rib chiqilgan ish doirasida u va yana olti nafar shaxs talon-toroj qilish, mansab soxtakorligi hamda qalbaki hujjatlardan foydalanishda aybdor deb topildi.

Toshkent shahridagi bir qator masjidlarda imom-xatib bo‘lib faoliyat yuritgan hamda “Rayxon oilaviy milliy taomlari” tarmog‘i asoschisi sifatida tanilgan Odilxon qori Ismoilovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Odilxon Ismoilov va yana olti nafar shaxsga oid jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tumani sudida ko‘rib chiqilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, jami yetti nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, mansab soxtakorligi, hujjatlarni yashirish hamda qalbaki hujjatlardan foydalanishga oid moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Hukmga muvofiq, Odilxon Ismoilovga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Sud tomonidan qamoqda saqlangan vaqt hisobga olingani sababli jazo muddati 7 yil 11 oy 28 kun etib belgilangan.

Qolgan olti nafar sudlanuvchiga esa ularning jinoiy harakatlari darajasidan kelib chiqib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazolari qo‘llangan.

Shuningdek, jinoyat ishi doirasida aniqlangan moddiy zarar sudlanuvchilardan solidar tartibda undirilishi belgilangan.

Oliy sudning ta’kidlashicha, birinchi instansiya sudi hukmi ustidan qonunda belgilangan tartibda Namangan viloyati sudining apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasiga shikoyat berish mumkin.

Ma’lumot uchun, Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li 1977 yil Namangan shahrida tug‘ilgan. U turli yillarda Toshkent shahridagi “Hazrati Umar”, “Shayx Zayniddin”, “Firdavs” va “Xo‘ja Alambardor” masjidlarida imom-xatib sifatida xizmat qilgan. Shuningdek, u bir muddat “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?